Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari” kompaniyasining ishlab chiqarish hududida 5-iyun kuni, taxminan, soat 16:45 da balandligi 4 metr, uzunligi 95 metr bo‘lgan devor qulagan.
Hodisa oqibatida ushbu devorga tutash ayvonda ishlayotgan “Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari”ning uch nafar ishchisi devorning beton g‘ishtlari ostida qolib, hodisa joyida halok bo‘lgan.
“Xabar.uz”ning xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)