AQShning Jorjiya shtati shimolida kichik samolyot qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda WGXA mahalliy politsiya sherifi Govard Sillsga tayanib.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida samolyot egasi va uchuvchisi bo‘lgan 67 yoshli Larri Priutt, qizi Jodi Rey Lamont va uning turmush o‘rtog‘i Shon hamda 5 va 4 yoshli nevaralari halok bo‘lgan. Ular dafn marosimiga borish uchun Florida shtatidan Indiana shtatiga ketayotgan bo‘lgan.
Ikki motorli xususiy samolyot quyuq o‘rmonli hududga qulagan. Sherifning so‘zlariga ko‘ra, dvigatellardan biri halokat sodir bo‘lgan joydan bir necha kilometr narida topilgan. Voqea joyiga tez yordam brigadalari yetib kelib yong‘inni o‘chirgan, ammo yo‘lovchilarni qutqara olmagan.
Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Federal aviatsiya boshqarmasi va Milliy xavfsizlik kengashi ishni o‘z nazoratiga olgan.
Avvalroq Pokistonda bortida 107 kishi bo‘lgan samolyot qulagani, yo‘lovchilarning 2 nafari omon qolgani xabar berilgan edi.