AQSh prezidenti Donald Tramp administratsiyasi 16-iyundan boshlab 4 ta Xitoy aviakompaniyasining mamlakatga parvozlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ymoqchi. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Taqiq Air China, China Eastern Airlines, China Southern Airlines va Xiamen Airlines kompaniyalariga taalluqli.
Bu AQShning XXR hukumatining United Airlines va Delta Air Lines Amerika kompaniyalariga Xitoy osmonida parvozlarni amalga oshirishga qo‘ygan taqiqiga o‘ziga xos javob bo‘ladi. AQSh aviakompaniyalarining parvozlari 2020-yil boshida Xitoy COVID-19 koronavirus infeksiyasi epidemiya boshlanganidan keyin to‘xtatilgandi.
Izoh (0)