Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Instagram ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi irqchilikka qarshi kurashish uchun 10 million dollar xayriya qiladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning rasmiy akkauntida ma’lum qilindi.

Foto: Unsplash

Foto: Unsplash

Mablag‘lar xayriya yoki huquqni himoya qilish tashkilotlari orqali ajratiladimi, bunga oydinlik kiritilmagan.

Shuningdek, Instagram irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashish uchun #ShareBlackStories tashabbusini ilgari suradi. Bu qora tanli aholini o‘z tarixi bilan bo‘lishishga chaqiradi. Mazkur tashabbus birinchi bor 2019-yilning fevralida AQShda afroamerikaliklar tarixi oyligi doirasida ishga tushirilgandi. Hozirda Jorj Floydning o‘limi sabab yuzaga kelgan vaziyat fonida uni qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qilingan.

“Biz qora tanlilar hamjamiyatini hamda Jorj Floyd, Breonna Teylor, Ahmaud Arberi va nomlari hech qachon unutilmaydigan boshqa ko‘plab insonlar sharafiga adolat o‘rnatishni istaydiganlarni qo‘llab-quvvatlashni xohlaymiz”, — deyiladi xabarda. Murojaatda ismlari sanab o‘tilgan insonlar halok bo‘lgan afroamerikaliklar bo‘lib, ularning o‘limi yuzasidan aybdorlarga nisbatan adolatli hukm chiqarilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda