UFC umumiy reytingi yetakchisi Jon Jons yarim o‘rta vazn chempionligidan voz kechdi. Bu haqda amerikalik yakkakurashchining o‘zi ma’lum qildi.

Foto: UFC

“Yarim og‘ir vazn kamari uchun Dominik Reyes va Yan Blaxovich o‘rtasida jang tashkil qiling. Ayni damda men ularga qarshi janglardan hech narsa olmayman. Yigitlar, mening ishtirokimda 2021-yili oson jang tashkil qilishni istasangiz, bu haqda aytib qo‘ying. Umid qilamanki, bu vaqtga qadar menga pul to‘lashga tayyor bo‘lishadi”, — deydi Jons.

Shundan keyin Jons bu fikrlar uning chempionlik kamaridan voz kechishini anglatishini tasdiqladi.

Jon Jons yarim og‘ir vazn toifasida ikki bor chempionlik kamariga ega chiqqan. So‘nggi bor bu 2018-yilda ro‘y bergandi, shundan so‘ng u uch bor kamarni muvaffaqiyatli himoya qila oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jons og‘ir vazn toifasiga o‘tish va Frensis Ngannu bilan jang qilishga tayyorligini aytgandi. O‘z navbatida kamerunlik sportchi ham bu chorlovni qabul qilgan. Keyinchalik Jons UFC rahbariyati bilan shartnoma borasida kelisha olmagani ma’lum bo‘ldi.