Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bloger Otabek Nuritdinov tomonidan Facebook’dagi “Korrupsiya va nohaqliklar” guruhida qoldirilgan postga rasmiy munosabat bildirdi.

Foto: Facebook / Otabek Nuritdinov

Foto: Facebook / Otabek Nuritdinov

Otabek Nuritdinov o‘z postida Urganch shahridagi 28-son maktabning tasviriy san’at fani o‘qituvchisi Albina Nizamutdinova nomidan ushbu maktabda sodir etilayotgan nohaqliklar, qonunbuzarliklar bo‘yicha bir qancha ma’lumotlarni e’lon qilgan.

Avvalroq mazkur murojaatda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirilib, ishchi guruh tomonidan holat o‘rganib chiqilgach, yana ma’lumot berilishi ma’lum qilingandi.

Albina Nizamutdinova 20-may kuni maktab kasaba uyushmasi raisi L.Saparova nomiga F.Ibragimova tomonidan unga nisbatan qilinayotgan nohaqliklar yuzasidan yozma murojaat qilgan. 26-may kuni esa F.Ibragimova o‘qituvchi Albina Nizamutdinova bilan o‘zaro kelishmovchilik yuzasidan yozma shaklda Telegram orqali kasaba uyushmasi raisiga murojaat qilgan.

“Maktab kasaba uyushmasi raisi L.Saparova mazkur murojaatlarni yolg‘iz o‘zi ko‘rib chiqa olmasligi, karantin munosabati bilan uyushma a’zolarini yig‘ish imkoni yo‘qligini, karantin tugagach ko‘rib chiqishi haqida murojaatchilarni ogohlantirgan. So‘ngra Urganch shahar kasaba uyushmasi mas’ullaridan karantin talablariga rioya qilgan holda uyushma a’zolarini va murojaatchilarni yig‘ishi mumkinligi bo‘yicha ijobiy fikr olgach, 27-may kuni yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirgan. Biroq Albina Nizamutdinova mazkur yig‘ilishga kelishni rad qilganligi sababli yig‘ilish qoldirilgan.

Xulosa o‘rnida, Urganch shahridagi 28-son maktab o‘qituvchilari Albina Nizamutdinova hamda F.Ibragimovalarning murojaati yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra, hozirgi kunga qadar maktab kasaba uyushmasi tomonidan ko‘rib chiqishning imkoni bo‘lmaganligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.

Eslatib o‘tamiz, Otabek Nuritdinov taxallusi ostidagi andijonlik bloger Abdufatto Nuritdinov shu yilning yanvar oyida tuhmat va haqoratda ayblanib, 15 sutkaga qamalib chiqqandi. Bloger o‘z postlarida, asosan, Asaka shahridagi mansabdorlar faoliyatidagi ehtimoliy korrupsion faktlar, budjet mablag‘larini o‘g‘irlash va talon-toroj qilish holatlari haqida yozgan. Keyinroq Otabek Nuritdinov Asaka tumanidagi Xolid ibn Valid jome masjidi yaqinida spirtli ichimliklar do‘koni ochilgani haqida post joylaganidan so‘ng do‘kon egalari tomonidan kaltaklangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi