Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova mamlakatda koronavirusning belgisiz tashuvchilari soni ikki baravarga oshganini ma’lum qildi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Uning aytishicha, mamlakatda epidemiya boshlangan vaqt bilan solishtirganda koronavirusning belgisiz tashuvchilari soni 2,6 baravar oshdi.

Golikova, shuningdek, o‘rtacha og‘ir va og‘ir holatda bo‘lgan bemorlar soni kamayganini ham qayd etgan. Bundan tashqari, intensiv davolanishga muhtoj bemorlarning soni 1,5 baravar kamaygan.

Aprel oyida virusolog, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi Feliks Yershov kasallik belgisiz o‘tayotgan odamlarning virusga chalinishining foydasi haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, virusni tarqatish bilan bunday odamlar vaksina qilishi kerak bo‘lgan ishni amalga oshirmoqda. “Ommaviy immunitetga ega bo‘lish sodir bo‘lmoqda. U 70 foizga yetganidan keyin kasallanish soni ortishi tugaydi. Bu virusli infeksiyalar orasida yaxshi tanish bo‘lgan jarayondir”, — degan u.

30-may holatiga ko‘ra, Rossiyada 387,6 ming kishi koronavirusga chalingan. Bemorlarning 4 374 nafari vafot etgan. Mamlakat kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi