Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Meyzi universiteti olimlari virtual ovqatlar ta‘midan lazzatlanish imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqardi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: YouTube

Foto: YouTube

Yangi ishlanmani mutaxassislar Norimaki sintezatori deb atadi. Norimaki — bu sushi atrofiga o‘raladigan dengiz o‘tlari turi hisoblanadi.

Sintezator tilning ma’lum zonalariga ta’sir ko‘rsatadi va inson u yoki bu ta’mni his etadi.

Bu ta’m retseptorlarini qo‘zg‘atadigan minimal elektr ta’siri tufayli yuz beradi.

Jarayonda elektroforez, ya’ni elektr quvvati bilan faollashtirilgan mikroskopik zarrachalar migratsiyasidan foydalaniladi.

Norimaki sintezatorini tilga qo‘yish kerak bo‘ladi.

Shunda beshta — shirin, sho‘r, achchiq, nordon yoki umami mazalaridan birini his etish mumkin.

Umami mazani so‘z bilan tariflash mumkin. Bu mol go‘shti va tovuq go‘shti o‘rtasidagi ta’m bo‘lib, uni har kim o‘zicha his etadi.

“Agar ushbu qurilma taom suratiga qarab foydalanilsa, miya insonning haqiqatan ham shu taomni yeyayotgani hissini kuchaytiradi”, — deydi olimlar.

Ushbu qurilmadan ovqat hajm qilish tizimi buzilgan insonlarda, masalan, parhezlar jarayonida foydalanish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)