2007-yilda Xitoyning Guanchjou shahri yaqinidagi Tyanduchen aholi yashash punktida Parij shahri nusxasi yaratilgan.

Foto: Esquire

Asli parijlik bo‘lgan fotograf Fransua Prost o‘z shahrining Xitoydagi versiyasini suratga oldi hamda suratlarni asl diqqatga sazovor maskanlar bilan solishtirdi, deb yozadi Esquire.

Suratlarga qarab Fransiyani Xitoydan ajratishga urinib ko‘ring.

Foto: Esquire

Qurilish tashabbuskorlari Tyanduchenda taxminan 10 000 kishi yashashini hisob-kitob qilgan edi. Besh yil oldin bu yerda bor-yo‘g‘i ikki ming kishi yashardi. Aholi yashash punktida Guanchjouning boshqa hududlariga qaraganda hayot kechirish arzonroq.

2017-yilda 1,7 million xitoylik Parijga bir-ikki kunga tashrif buyurgan hamda sutkasiga 180 yevro sarflagan. Bunda Fransiyadagi qimmatbaho buyumlar xaridorlarining 40 foizi xitoyliklar hisoblanadi. Ular shopingga o‘rta hisobda bitta tashrif doirasida 11 ming yevro sarflaydi.

Vaqt o‘tishi bilan kun kechirishning arzonligi Tyanduchenga odamlar oqimini tezlashtirdi. Hozirda bu yerda 30 mingdan ko‘proq kishi yashaydi. Bu esa bir kvadrat kilometrga bir kishi degani.

Tyanduchen aholi yashash punkti nomi “samo poytaxti” deb tarjima qilinadi. Kichik Parij qurilishiga 474 million yevro sarflangan. Bugungi kunda Xitoy hukumati bunday turdagi arxeologik obyektlar mamlakat sotsialistik ideologiyasiga to‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblaydi.

Parijning XIII okrugida Yevropadagi eng yirik Chayna-taun joylashgan. U yerda 50 ming kishi yashaydi, ularning orasida vyetnamliklar va laosliklar ham bor. Fransiyadagi Xitoy diasporasi 700 ming kishini o‘z ichiga olgan.

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire

Foto: Esquire