• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoy taraqqiyoti O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqqa qanday ta’sir qildi?

    Bugungi kunda Xitoydagi ilmiy-industrial sivilizatsiyaning fantastik ravishda o‘sishi kishini lol qoldiradi. Jahondagi maishiy texnikaning yarmisini ishlab chiqaradigan dunyo fabrikasiga aylangan mamlakat boshqa davlatlar iqtisodiyotiga ham ta’sir o‘tkazib kelmoqda. “Daryo” kolumnisti, rossiyalik siyosatshunos Mixail Magid Xitoy va uning kelajagiga bog‘liq dunyo iqtisodiyoti haqida fikr yuritadi.

    So‘nggi 20 yil ichida bu mamlakatda ulkan shaharlar barpo qilindi. Lekin gap faqat yirik osmono‘par binolar va tezkor trassalarda ham emas. XXR so‘nggi 40 yil mobaynida o‘sish sur’atlarini yiliga sakkiz foizdan pasaytirmay kelayapti (oxirgi yillarda o‘sish sekinlashdi) va u jahondagi maishiy texnikaning yarmisini ishlab chiqaradigan dunyo fabrikasiga aylandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ko‘pchilik AQSh antibiotiklar bozoridagi Xitoyning ulushi 95 foizni tashkil qilishini va ularning aksariyat tarkibiy qismlari Amerikaning o‘zida ishlab chiqarilmasligini yaqindagina bilgach, muayyan dilxiraliklarga yo‘liqdi. Hozirda AQShning eng katta xavotir olayotgan narsasi shuki, bunday yuqori o‘sish sur’atlari bilan XXR tez orada zamonaviy Gonkongning gigant variantiga aylanadi va ushbu iqtisodiy maxluq hammani, jumladan, AQSh iqtisodiyotini ham “yanchib” tashlaydi (Jon Meyershaymer).

    Boshqa tahlilchilar (Minksin Pey) Xitoydagi kapitalizmning kuchsiz ekanini ta’kidlamoqda: AQSh, Yaponiya va Germaniyaga nisbatan texnologik jihatdan bir necha yilga (agar bir necha o‘n yilga bo‘lmasa) orqada qolgani, Xitoy kompaniyalarini va davlatning o‘zini ham juda katta qarzlari borligi (YaIM dan 3-3,5) bu fikrga asos bo‘lar ekan. Samarasiz va zararga ishlovchi davlat korxonalari deyarli 30 trillion dollardan iborat aktivlarni nazorat qiladi va mamlakatda mavjud bo‘lgan kredit mablag‘larining taxminan 80 foizini iste’mol qiladi, biroq ular YaIMdan taxminan 23 foizdan 28 foizigacha bo‘lgan ulushini beradi, xolos.

    Yana bir fundamental ziddiyat esa – Si Szinpinning shaxsan hukmronligi o‘rnatilgani, markazlashuvning kuchayayotgani hamda amalda mamlakat qo‘lda boshqaruv rejimiga o‘tgani bilan bog‘liqdir. Yaqin o‘tmishda XXRni hokimiyatni o‘zaro taqsimlab olgan bir necha klanlar (taxminan 7 yoki 8) va guruhlarning boshida turuvchi keksa partiya rahbarlari tomonidan boshqarilar edi. Hech qayerda rasman belgilab qo‘yilmagan ushbu norasmiy mexanizm mamlakatning butun siyosatini belgilardi. Uni Xitoy ustidan butun hukmronlikni o‘z qo‘liga jamlagan va partiya va davlatning barcha muhim strukturalariga o‘z tarafdorlarini qo‘yib, mustaqil klanlarni esa yo‘q qilgan Si Szinpin tomonidan yo‘q qilindi.

    Koronavirus epidemiyasini jilovlash uchun uning eng erta bosqichlarida Xitoy jiddiy choralar ko‘rmaganining ehtimoliy sabablaridan biri shuki, XXRda juda kamdan kam hollardagina muhim qarorlarni Si Szinpinning to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’qullashisiz ham chiqarilishi mumkin xolos. Bunday sharoitda barcha vakolat favqulodda ravishda bitta odamning qo‘lida jamlangani va uning chegaralangan kompetentligi muhitida xatolarini bartaraf etishning mushkulligi (chunki xatoning tan olinishi hokimiyat tepasida bo‘lgan kuchli odamning shaxsiy obro‘siga putur yetkazishi mumkin) sababidan amalda xatolarning ko‘payishi ehtimoli ortadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yana boshqa keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar ham mavjud, bular – aholining tez qarishi (demakki, iqtisodiyotga soliq yukining ortishi), sanoatning keskin o‘sishining ekologiyaga vayronkor ta’siri kabilardir. Koronavirus bilan bir qatorda, Amerikaning Xitoy eksportini cheklashga qaratilgan sanksiyalari, mamlakat iqtisodiyotiga o‘sish sur’atlarining pasayishi xatarini solmoqda.

    Xitoydagi rejim saylovlar orqali legitimlashga va hukumatdagi oligarxlar guruhlarini almashtirishga qodir mexanizmga ega emas. Uni aholi oldidagi oqlab turgan yagona narsasi – iqtisodiyotning tez sur’atlarda o‘sayotganidir. Ayrim tahlilchilar (Banko Milanovich) bu holatni Xitoy kapitalizmining yutug‘i deb qaraydi: diktatorlik usullari bilan boshqaradigan kompartiya iqtisodiyot o‘sib turgan paytda aholining qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ladi (siyosiy kapitalizm terminining ildizi shunda) va shu sababli ham u o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan manfaatdor bo‘lib, muttasil o‘sishni ta’minlash uchun hamma narsani qiladi (Xitoyda allaqachon kapitalizm barpo qilingan va ko‘plab milliarderlar oliy martabali partiya a’zolarining oilalari bilan aloqador hisoblanadi).

    Lekin sistemaning zaif tarafi ham aynan shu yerda – o‘sish to‘xtab qolsa, bu ertami, kechmi baribir sodir bo‘ladi, ehtimol, allaqachon sodir bo‘lgandir, – Xitoyni g‘alayon va inqiloblar kutib turibdi. Bu mamlakatda rasmiy kasaba uyushmalaridan tashqari boshqa har qanday kasaba uyushmalari taqiqlangani sababli xitoylik ishchilar norasmiy guruhlarga birlashgan holda noroziliklar uyushtiradi (rasmiy kasaba uyushmalari esa hukumat nazorati ostida ishlaydi va odatda, ish tashlashlarni qo‘llab-quvvatlamaydi). Ushbu qudratli ishchilar harakati kelajakda mamlakatdagi ahvolni o‘zgartirishga qodir.

    Xitoyning jadal sur’atlar bilan rivojlanishining sabablaridan biri – kapitalistik globalizatsiyadir. G‘arbdagi kompaniyalar o‘z ishlab chiqarishlarining ulkan qismini XXRga ko‘chirishgan, chunki bu yerda ishchilarga ancha kam haq to‘lash mumkin. Bu orqali ular AQSh, Fransiya va Britaniyaning avvalgi sanoat hududlarini endilikda ishsizlik, giyohvandlik va faqat vaqtinchalik ish topish mumkin bo‘lgan ijtimoiy tanazzul hududlariga aylantirdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ishidan ayrilgan odamlarning kallasini band qilish uchun esa ularga Greta Tunbergdan iqtiboslar keltiradigan hamda hezalaklarning o‘zaro nikohlarini rasman qayd qilish kerakmi yoki yo‘q degan mavzulardan keskin bahslar tashkillaydigan kuchli tashviqot mashinasini ishga soldi. Birlamchi, dolzarb masalalardan odamlarni chalg‘itib, ularning diqqatini shu kabi ikkinchi darajali masalalarga qaratish bu – propaganda shakllaridan biri hisoblanadi, lekin uning ildizlari sanoatni Xitoyga ko‘chirilishi jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir.

    Shu tariqa, Xitoyning rivojlanishi dunyoni qay darajada o‘zgartirganini ko‘rish mumkin. Bu o‘zgarishlar, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlariga ham, albatta, ta’sir qilgan. XKP (Xitoy kommunistik partiyasi) rahbariyati, umumiy aholisi soni besh mlrd kishidan iborat bo‘lgan ushbu barcha geografik hududni Yevropa va Afrikagacha cho‘zilgan savdo yo‘llari orqali yagona umumiy bozorga birlashtirmoqchi. XXR yagona Yevrosiyo loyihasini yaratmoqda va faqat uni ifodalash uchun “Makon va yo‘l” terminologiyasini qo‘llayapti xolos.

    Gap neft va gaz quvurlari, dengiz va havo portlari, quruqlik va dengiz kommunikatsiyalarini o‘z ichiga olgan global tizim ustida bormoqda va u Xitoyga kamida bir trillion dollarga tushadi. Tayinki, bunga parallel ravishda Xitoyning siyosiy ta’siri ham ortib boradi – ko‘plab yo‘llar va portlar Xitoyning xususiy va davlat investorlari bilan birgalikda egalik qilish huquqi ostida bo‘ladi va ularni xitoylik muhandis va menejerlar boshqaradi. Ko‘p sonli dengiz portlari ikki xil maqsadli - harbiy va fuqarolik portlari bo‘ladi va ular Xitoyning harbiy dengiz floti bazasiga aylanadi.

    Biroq ayrim tahlilchilar, xususan, Stiven Kotkin ushbu loyihaning iqtisodiy samarasiga shubha bildirmoqda. Xitoyning “Makon va yo‘l” dasturi doirasida qator mamlakatlarga hotamtoylik bilan tarqatib chiqqan o‘nlab milliard dollarlik kreditlarini qaytarishning o‘zi qiyin ish ekan. Boz ustiga, jahon va XXR iqtisodiyotining koronavirus epidemiyasi sharoitidagi keyingi rivojlanish istiqbollari ham mavhum bo‘lib qolmoqda.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Shunga qaramay, AQShdan farqli o‘laroq, XXR hozirgi paytda Pekin bilan hamkorlik qilayotgan mamlakatlarga nisbatan qat’iy siyosiy talablar qo‘ymayapti. Bu esa Qozog‘iston va O‘zbekiston singari mamlakatlar o‘zi orqali o‘tadigan kuchli tranzit-transport yo‘laklarini yaratish uchun amalda XXRning investitsiyalariga umid bog‘lashlari mumkinligini anglatadi. XXR yo‘llar qurilishiga investitsiyalar kiritish bilan bir qatorda, mahalliy bozorlarni va foydali qazilmalarni o‘zlashtirishga hamda mahalliy kompaniyalar bilan birgalikdagi qo‘shma korxonalar tashkil qilishga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotiga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritilishga ham qiziqmoqda.

    Bularning barchasi Xitoyning yirik miqyosli yagona bozor tashkil qilish borasidagi strategiyasining bir qismi sifatida qaralishi mumkin va unda, albatta, strategik o‘rinlarni Xitoyga tegishli xususiy kapital va davlat kapitali egallab oladi. Lekin bu narsa bir vaqtning o‘zida Qozog‘iston va O‘zbekistonda ham iqtisodiy o‘sishga turtki berishi ham mumkin.

    Umuman olganda, Xitoyning infrastruktura obyektlari va boshqa obyektlarning qurilishiga yo‘naltirilgan investitsiyalari mintaqa iqtisodiyoti uchun sezilarli effektga ega. Qozog‘istonlik o‘lkashunos Ruslan Izimovning qayd etishicha, agar Markaziy Osiyodan, xususan, O‘zbekiston hududidan Pekinni Fors ko‘rfazidagi va Yevropadagi strategik sheriklari bilan bog‘lovchi Xitoy uchun hayotiy muhim bo‘lgan transport arteriyalari o‘tadigan bo‘lsa, unda Xitoyning o‘zi “Makon va yo‘l”ning ushbu qismidagi barqarorlikdan manfaatdor bo‘ladi. Bu holatda Xitoy mintaqadagi iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlashdan manfaatdor bo‘ladi va ehtimolki, inqiroz holatlari kelib chiqqan taqdirda buning uchun sezilarli mablag‘larni ajratadi. Xitoy o‘zining dunyodagi siyosiy va harbiy ta’sirini kuchaytirishga intilayotgan bo‘lsa-da, uning Markaziy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq borasidagi siyosati ehtiyotkorona va pragmatik bo‘lib qolmoqda.

    XXR musulmon arab mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. U Fors ko‘rfazidagi boy investorlar bilan hamkorlikka umid qilmoqda va o‘zi xarid qiladigan neftning asosiy qismini ham o‘sha yerdan sotib olmoqda. Xitoyda hukumatning Shinjondagi musulmon aholi bilan o‘zaro ziddiyatlari tufayli yuzaga kelgan muammolar, oqibatda, Yaqin Sharqdagi va Markaziy Osiyodagi musulmon mamlakatlar bilan XXRning munosabatlari yomonlashishiga olib kelishi kutilgan bo‘lsa-da, lekin hozirgi vaqtda bu narsa sodir bo‘layotgani yo‘q. Aftidan, Xitoyning pullari diniy xarakterdagi qarashlardan ustunroq bo‘lib chiqqan bo‘lsa kerak.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Pragmatizmga tarafdorlikni namoyish qilgan holda XXR Saudiya Arabistoni bilan ham va uning asosiy raqobatchisi bo‘lgan Eron bilan ham hamkorlik olib bormoqda va ular Eron bilan birga 2019-yilda hamkorlikdagi harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini ham o‘tkazgan. Umuman olganda, Amerikaning sanksiyalaridan cho‘chigani tufayli Xitoy hozirda Eron bilan iqtisodiy hamkorlikni pasaytirmoqda.

    Bir vaqtning o‘zida XXR Isroil bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlamoqda. Isroil ilmiy-texnik nuqtai nazardan Yaqin Sharqning nisbatan rivojlanganroq mamlakati sanaladi. Aholi jon boshiga nisbatan startaplar soni bo‘yicha Isroil jahonda birinchi o‘rinda turadi. Xitoy kompaniyalari ushbu mamlakat bilan hamkorlik uchun milliardlab dollar pul tikishga tayyor va undan yangi texnologiyalar va boshqa xay-teklarni sotib olmoqchi. Bu esa Xitoyning asosiy raqobatchisi bo‘lgan AQShning g‘ashiga tegmoqda. Biroq Isroil AQShning dunyodagi eng yaqin sherigi ekaniga qaramay, bu mamlakat hukumati ushbu masalada mustaqillik namoyon qilmoqda, chunki XXR bilan iqtisodiy hamkorlik uning uchun juda ham foydalidir.

    Rossiyalik yetakchi xitoyshunos Aleksandr Gabuyevning fikriga ko‘ra, hozirgi paytda Pekin Yaqin Sharqda faol siyosiy va harbiy aralashuvlar maqsadiga ega emas. Bu mamlakat harbiylari o‘tkazgan o‘quv mashg‘ulotlarida ko‘rilgan tayyorgarlikdan ko‘zlangan maksimum maqsad – Yaqin Sharqdagi u yoki bu mamlakatlarda xaos yoki inqiloblar yuzaga kelgan taqdirda, u yerdan XXR fuqarolarni evakuatsiya qilishga qaratilgan operatsiyalarni o‘tkazishdir.

    Kelajakda hammasi yana o‘zgarishi mumkin, lekin XXRning siyosiy va iqtisodiy qudrati avvalgidek o‘sib borsa. Zamonaviy dunyodagi va Xitoyning o‘zidagi koronavirus va yuqorida aytilgan boshqa omillar keltirib chiqargan inqiroz sharoitida kelajak borgan sayin mavhum bo‘lib bormoqda. “Makon va yo‘l” – Xitoyning o‘zi singari istiqbollari noaniq bo‘lgan, anchayin serxarajat loyihadir.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    22.05.2020, 17:05   Izoh (0)   105062
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada bir sutkada 8894 kishi koronavirusga chalindi, bemorlarning 150 nafari vafot etdi

    22.05.2020, 16:47

    Pokistonda samolyot quladi. Uning bortida 107 kishi bo‘lgan

    22.05.2020, 15:59

    Braziliyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha rekord darajadagi o‘sish kuzatildi

    22.05.2020, 14:49

    Oq uyning sobiq ish boshqaruvchisi koronavirusdan vafot etdi. U AQShning 11 prezidenti davrida ishlagan

    22.05.2020, 12:48

    Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 7597 nafarga, Qirg‘izistonda esa 1350 kishiga yetdi

    22.05.2020, 10:46

    Foto: Karantindan keyin insonlar hayoti qanchalik o‘zgaradi?

    22.05.2020, 10:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.