Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar bemor 20-may kuni tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Tuzalib chiqqanlarning 1 nafari 47 yoshli erkak, 2 nafari esa 43 yoshli va 42 yoshli ayollar bo‘lib, hammasi koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning barchasi Samarqand viloyatidan.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar 175 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 178 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida jami 34 nafar bemor tuzalib, ayni paytda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2372 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 20-may soat 16:30 holatiga ko‘ra 2927 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat aniqlanganidan beri 13 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan bo‘lib, so‘nggi bemor samarqandlik bo‘lgan.