Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning farzandlari Islom Karimov va Iman Karimovaning maktublari tarqaldi va keng muhokama qilindi. Unda Gulnora Karimova Ucell aksiyalariga egalik qilishi va hozirgi paytda kompaniya davlat tomonidan emas, boshqa mulkdorlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilayotgani aytilgan. Ucell mazkur ikkala bayonot ham haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Kompaniya bayonotida ta’kidlashicha, 2018-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Shvetsiya hukumatiga tegishli Telia guruhidan Coscom ustav kapitalidagi 100 foiz ulushi 215 million dollarga va Telia guruhining Coscom kompaniyasiga 485 million dollar miqdorida qarz majburiyatlarini to‘lab, sotib olgan. Bitim bir nechta davlatlarning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilganda, Gulnora Karimovaning kompaniya aksiyalariga aloqasi yo‘qligi aniqlangan.

2018-yil dekabr oyida O‘zbekiston vakolatli agentlik orqali Coscom’ni Telia kompaniyalar guruhidan sotib olgan bo‘lib, unga egalik qilishni va boshqarishni davom ettirmoqda. Coscom’ni sotib olish jarayoni bir qator davlatlarning barcha zarur huquqiy, moliyaviy va tartibga solish talablariga muvofiq qat’iy tartibda amalga oshirilgan.

“Yuqoridagi xatda yagona haqiqat Coscom muvaffaqiyatli boshqarilib kelinayotganligi. Bir yarim yildan kam vaqt ichida kompaniyamiz telekommunikatsiya sohasida ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda haqiqiy yetakchiga aylandi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabr oyida Rossiyaning eng yirik aloqa operatorlaridan biri “Megafon” kompaniyasi O‘zbekistonning Ucell aloqa operatorini sotib olgani haqida ham xabarlar tarqalgan, keyinchalik bu xabarlar asossiz ekanligi aniqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi