Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 19-may kuni odam o‘limi bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar bermoqda.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Hodisa soat 13:30 larda 4R-76 Qorako‘l–Yangibozor–Jig‘achi avtomobil yo‘lining 7-kilometrida yuz bergan. 1989-yilda tug‘ilgan M.J. Nexia tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarayotib, oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Shu vaqtda 1981-yilda tug‘ilgan N.T. boshqaruvidagi Lacetti’ning old qismiga urilib, YTH sodir etgan.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Oqibatda Nexia oldi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 2001-yilda tug‘ilgan Z.N. ismli qiz bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Ushbu avtomobil haydovchisi M.J. va yo‘lovchisi 1979-yilda tug‘ilgan S.A. (ayol) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: YHXBB

Foto: YHXBB

Mazkur YTH yuzasidan Qorako‘l tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-may kuni Buxoro viloyatining Romitan tumanida traktor tirkamasi ag‘darilib ketishi oqibatida 33, 34 va 38 yoshli ayollar vafot etgan. Bu ayollar haydovchining xotini, singlisi va kelini bo‘lgan. Shuningdek, 17-may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ayol haydovchi boshqaruvidagi Matiz avtomobili ag‘darilib ketgan. Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 41 yoshli ayol voqea joyida vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?