CARakoom nashri har qanday haydovchini ham qo‘rquvga solishga qodir dunyoning turli nuqtalaridagi tog‘ yo‘llarining suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Trollar zinasi (Trollstigen), Norvegiya
Ondalsnes va Valldall shaharlarini birlashtiruvchi tog‘ yo‘li harakatlanish uchun 1936-yilda topshirilgan. RV63 trassasidagi hududlardan biri “Trollar zinasi” deb nomladi. Unda 11 ta keskin burilish mavjud bo‘lib, og‘ish burchagi 9 foizga teng. Uni bosib o‘tib, eng cho‘qqiga chiqqan holda butun vodiyni kuzatish mumkin.
Transfegerashsk shossesi, Ruminiya
Ruminiya haqida gap ketganida har bir avtomobil ishqibozi Transfegerashsk shossesini eslashi lozim. Uzunligi 151 kilometrga teng tog‘ trassasi sharsharalar, tonnellar va qoyalar orqali o‘tgan. Balandlik farqi 2 kilometrni tashkil etadi.
San Boldo dovoni, Italiya
Trikyana va Toveno kommunalari orasida joylashgan hudud dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, haqiqiy muhandislik san’ati namunasi hisoblanadi. Bu yerdagi beshta ko‘prik va oltita tonnel hududni turistlar uchun diqqatga sazovor maskanga aylantirib yuborgan. Hududda tezlik chegarasi o‘rnatilgan — 30 km/soat.
Ilon yo‘li (Paso de los Caracoles), Chili
Birgina suratning o‘zi bu yer nima sababdan ilon yo‘li deb nomlanishini izohlash uchun yetarli. U Chili va Argentina chegarasi joylashgan bo‘lib, 29 ta keskin burilishga tor shossedan iborat. Ushbu hududda ko‘pincha qor bo‘ladi va yo‘l cheti hech nima bilan to‘silmagan.
Lase de Monvernye, Fransiya
Uzunligi 3,4 kilometrga teng yo‘lni bosib o‘tish oson emas. Har 100-150 metrda 180 darajaga burilishga to‘g‘ri kelib, 280 metrga ko‘tariladi. Yo‘lning aynan ushbu hududi “Tur de Frans” velopoygalarining so‘nggi bosqichidan o‘rin olgan.
Sani Pass dovoni, JAR
Navbatdagi qo‘rqinchli tog‘ yo‘li JAR va Lesoto chegarasida Mxomazi qo‘riqxonasida joylashgan. U 1544 metrdan boshlanib, 2876 metrga qadar ko‘tariladi. Ushbu yo‘l tekkislangan tuproqdan iborat. Yomg‘ir yoqqan vaqtda bu yerga yaqinlashmaslik tavsiya etiladi.
Furka dovoni, Shveysariya
Gletch posyolkasi va Andrematt shahri o‘rtasidagi 31 kilometrli shosse Shveysariyaning haqiqiy diqqatga sazovor maskaniga aylangan. U muzliklar yonidan o‘tib, to‘g‘ri qoyalar orasidan o‘tgan temiryo‘l yonidan o‘tadi. Yo‘lning eng yuqori nuqtasi — 2436 metr balandlikda. Aynan shu yerda Jeyms Bond haqidagi “Goldfinger” filmi epizodlari suratga olingan.
Izoh (0)