Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Real” sobiq bosh murabbiyi, hozirda “Tottenhem” klubini boshqarayotgan Joze Mourinyo Ispaniyada “Barselona” bilan bo‘lgan raqobatni yodga oldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Biz mavjud eng yaxshi usul bilan “Barselona” gegemoniyasiga chek qo‘ygandik. Krishtianu Ronalduga ega mening qo‘l ostimdagi “Real” Yevropaning eng yaxshi jamoasi edi. Biz raqib darvozasi tomon tezkor va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurishlar qilardik. Jamoada to‘xtatib bo‘lmas bog‘lamlar bor edi”, — deydi Mourinyo.

Portugaliyalik mutaxassis 2010—2013-yillar davomida “Real”ni boshqargan. Joze madridliklar bilan Ispaniya chempionati (2012-yil), Ispaniya Kubogi (2011-yil) va Superkubogida (2012-yil) g‘olib chiqqan.

“Real”dagi faoliyatidan so‘ng mutaxassis “Chelsi”ga qaytgan va u yerda 2015-yilgacha ishlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan 4 yoshli bolaning jasadi quduq ichidan topildi
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi