PSJ hujumchisi Xese Rodriges Liga 1 joriy mavsumi oltin medaliga sazovor bo‘ldi, deya xabar qilmoqda AS.
27 yoshli ispaniyalik futbolchi 2019/20-yilgi mavsumda parijliklar safida bir o‘yinda qatnashdi. Hujumchi “Mets”ga qarshi kechgan (2:0) 4-tur bahsida maydonga tushgan. U maydonda bor yo‘g‘i bir daqiqa harakat qilgandi.
Xese mavsumni PSJda boshladi va sentabr oyi boshida ijara asosida Lissabonning “Sporting” jamoasiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab Fransiya chempionatining joriy mavsumi muddatidan avval yakunlandi. PSJ esa chempion deb e’lon qilindi.
Xese 2016-yilning yozida “Real”dan parijliklar jamoasiga kelib qo‘shilgan. Uning PSJ bilan amaldagi kelishuvi 2021-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)