Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Novza” jome masjidi imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov ro‘za tutish inson immun tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

“Ro‘za tutsa insonning immuniteti tushib ketadi, degan tushuncha bor. Aslida bu noto‘g‘ri tushuncha. Bugun fan ham, 15 asr ilgari paydo bo‘lgan islom dini ham Ramazon ro‘zasi inson immunitetini ko‘tarishini isbotlagan. Ramazon ro‘zasidagi ochlik inson organizmi uchun foydali hisoblanadi. Organizmda 12 oy mobaynida to‘planib qolgan ortiqcha yuklar ro‘zada yuviladi, poklanadi. Ro‘zani ixlos bilan tutgan odamning dunyoqarashi, aql-zakovati, umumiy hayot tarzi ham boshqacha bo‘lishini fan ham isbotlagan. G‘arb mamlakatlarida ochlik bilan davolash markazlari faoliyat yuritishi so‘zimizning yaqqol isbotidir. Majburiy ochlik boshqa narsa, ixtiyoriy ochlik esa mutlaq boshqa narsa. Ramazon ro‘zasini biz subhdan to kun botgunicha Ollohdan yaxshiliklarni umid qilib, nafaqat yemoq-ichmoqdan, hatto gunoh ishlardan o‘zimizni tiyib, har jihatdan poklashimiz insonni har tomonlama quvvatga kirishga yoki immunitetini ko‘tarishga sabab bo‘ladi”, — deydi Jaloliddin Hamroqulov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?