Ispaniyada oltita a’zo ko‘chirib o‘tkazilgan bolaga uyga javob berildi, deb xabar beradi Europa Press.
Barselonada yashovchi Viktor ismli bola ushbu operatsiyani uch yil kutgan. Bu vaqt mobaynida u bir sutkada 18 soatlab sun’iy oziqlantirish apparatiga ulab qo‘yilgan.
Bolaga oshqozon, jigar, o‘n ikki barmoqli ichak, ingichka ichakning bir qismi, to‘g‘ri ichak, oshqozon osti bezi ko‘chirib o‘tkazilgan.
Operatsiya Madriddagi Hospital La Paz klinikasida fevral oyining oxirida o‘tkazilgan.
Bolaning onasi homiladorlikning 27 haftasida chaqaloqda gastroshizis kasalligi borligidan xabar topgan. Bu qorin old devorining kasalligi bo‘lib, unda boshqa organlar tashqariga chiqib turadi.
Bolaga jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki oy o‘tgach, uyga ruxsat berildi. Hozirda u uyda qayta tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda.
Izoh (0)