Daryo

Saharlik uchun sabzavotlardan “zapekanka​” tayyorlang

Ro‘za vaqtida yengil va foydali taomlar ayni muddao

1 daqiqa o‘qish84 220 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Ro‘za vaqtida yengil va foydali taomlar ayni muddao. Nima pishirsam ekan, deb boshi qotgan ayol-qizlarga oson tayyorlanadigan “zapekanka​” retseptini havola qilamiz.

Foto: Getty Images
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
  • sut/qaymoq — 100 ml;
  • pomidor — 3 dona;
  • baqlajon — 2 dona;
  • tuxum — 1 yoki 2 dona;
  • pishloq;
  • qovoqcha;
  • ta’bga ko‘ra ziravorlar.
Tayyorlash jarayoni:
  1. Qovoqcha va baqlajonni artib, dumaloq qilib kesing va o‘simlik yog‘iga solib qovuring.
  2. Pomidorni ham dumaloq qilib to‘g‘rang.
  3. Idishni yog‘lang va sabzavotlarni terib chiqing. Sabzavot ustiga murch, tuz, rayhon va ziravorlarning quritilgan kukunini qo‘shing.
  4. Sutga tuxum chaqing, pishloqni qirg‘ichdan chiqarib qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.
  5. Aralashmani sabzavot ustiga quying va 25 daqiqaga qizigan pechga qo‘ying.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.