Italiyaning mashhur brendi Bvlgari Serpenti korpusiga turbiyon joylashtirilgan yangi soat modelini taqdim qildi, deb yozadi Vogue.

Foto: Vogue

Ta’kidlanishicha,​ yangi model siferblatidan soat mexanizmini kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lib​, bunday natijaga erishish uchun maxsus parametrlar asosida ishlangan hamda turbiyonning texnik xususiyatlari tufayli bunday ixcham hajmga erishishning o‘zi bo‘lmagan.

Foto: Vogue

Korpus orqa tomonidagi sapfir bilan ishlangan qismidan​ ham soatning ishlashini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.

Foto: Vogue

Bvlgari Serpenti Seduttori Tourbillon modeli bir necha variantlarda taqdim qilingan. Korpusi pushti yoki oq tilladan ishlanib, brilliantlar bilan qoplangan. Soat kamarining esa charmli hamda brilliant bilan qoplangan bilaguzukli variantlari bor.

Foto: Vogue

Foto: Vogue

Foto: Vogue