Italiyaning mashhur brendi Bvlgari Serpenti korpusiga turbiyon joylashtirilgan yangi soat modelini taqdim qildi, deb yozadi Vogue.
Ta’kidlanishicha, yangi model siferblatidan soat mexanizmini kuzatish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunday natijaga erishish uchun maxsus parametrlar asosida ishlangan hamda turbiyonning texnik xususiyatlari tufayli bunday ixcham hajmga erishishning o‘zi bo‘lmagan.
Korpus orqa tomonidagi sapfir bilan ishlangan qismidan ham soatning ishlashini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.
Bvlgari Serpenti Seduttori Tourbillon modeli bir necha variantlarda taqdim qilingan. Korpusi pushti yoki oq tilladan ishlanib, brilliantlar bilan qoplangan. Soat kamarining esa charmli hamda brilliant bilan qoplangan bilaguzukli variantlari bor.
Izoh (0)