“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
16:02, 26.04.2020 16781

Saudiya Arabistonida komendantlik soati qisman bekor qilinadi

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz as-Saud 26-apreldan 13-mayga qadar Makka va izolyatsiyadagi bir qator tumanlardan tashqari qolgan barcha mintaqalarda komendantlik soatini qisman bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda mamlakat rahbarining buyrug‘iga tayanib, SPA agentligi xabar bermoqda.

Foto: AP Photo

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistonida 23-martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, kechki soat 19:00 dan ertalabki soat 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Mazkur cheklov 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan edi.

“Saudiya Arabistoni podshohligidagi barcha mintaqalarda 26-aprel kunidan 13-mayga qadar komendantlik soati qisman bekor qilinadi. Shu bilan birga, Makka va izolyatsiyalangan boshqa bir qator tumanlarda bundan oldingi qaror va bayonotlarda ko‘rsatilgan 24 soatlik komendantlik soati saqlanib qolinadi”, — deyiladi buyruqda.

Bundan tashqari, yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida tijoriy va iqtisodiy faoliyat qayta tiklanadi. Buyruqga ko‘ra, gap ulgurji va chakana savdo do‘konlari, shuningdek, savdo markazlari haqida ketmoqda. Qurilish kompaniyalari va zavodlar ham o‘z ishini qayta boshlab olishi mumkin.

Avvalroq Saudiya Arabistonidagi islom olamining asosiy ziyoratgohlari — Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy Masjidi Ramazon oyida ham yopiq bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar