So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +7°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Moda

    2020-yilning yozida qanday rangdagi kiyimlar urfda bo‘ladi?

    24.04.2020, 14:01 23257

    Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish va garderobni yangilashni istayapsiz-u, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Unda ishni liboslaringiz orasiga avval kiyib ko‘rmagan ranglarni qo‘shishdan boshlang. Aynan qaysi rangni tanlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, unda siz uchun yoz faslida urfda bo‘lishi kutilayotgan ranglar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    Siyohrang

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Moda tanqidchilari yoz mavsumida siyohrang urfda bo‘lishini inkor etmasligi aniq. Mashhurlardan Peris Hilton ushbu rangni yaxshi ko‘radi, uning garderobida bir qancha siyohrangdagi liboslarni uchratish mumkin. Jaziramada havo o‘tkazadigan siyohrang shifon yoki krep matoli ko‘ylakdan yaxshi variant yo‘q.

    Moviy

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ushbu rangning asablarni tinchlantirishi, xotirjamlikni his qilishga turtki berishi ranglar psixologiyasida isbotini topgani sir emas. Dizaynerlar mazkur rangni yoz mavsumida urfda bo‘lishini ta’kidlagan holda uni oq, sariq va boshqa yorqin ranglar bilan moslashni tavsiya qiladi.

    Mavzuga doir: Kayfiyatni ko‘taruvchi libos ranglari. Yorqinlik bilan o‘zingiz va atrofdagilarga pozitiv ulashing

    Och pushti

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ayol va qizlarning sevimli rangi bo‘lgan pushti yoz faslida oldingidan-da ko‘proq dolzarb bo‘ladi. Faqat ko‘zni olmaydigan, to‘​q bo‘​lmagan pushti liboslarni garderobingizga qo‘shing. Ushbu rang bilan faqat nozik obrazlar yaratishingiz shart emas, aksincha, krassovka yoki sandallar bilan moslab, hech kimga o‘xshamagan, o‘ziga xos uslubda kiyinishga harakat qiling.

    Och sariq

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    2020-yilda sariq rangdagi har qanday libos va aksessuar dolzarb, biroq ushbu rangdan libos kiyganda teri rangiga yarashadimi, yo‘qmi, shu kabi jihatlarga e’tibor qaratish kerak.Tanlov borasida boshi qotganlarga, och limon rangidan kofta-yubka kiyib, vintaj uslubidagi aksessuar taqish maslahat beriladi.

    Och olovrang

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Avvalgi mavsumda to‘q olovrang urfda bo‘lgan bo‘lsa, mazkur mavsumda och olovrang trendda bo‘ladi. Noodatiy uslubda kiyinishni istagan, lekin nimadan boshlashni bilmayotganlarga ranglar bilan fantaziya qilish tavsiya qilinadi. Masalan, olovrang va siyohranglarni bir-biriga moslash orqali esda qolarli obraz yaratish mumkin.

    Pistarang

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Mazkur rang mana bir necha mavsumdirki dolzarblik borasida yetakchilik qilmoqda. Ayniqsa, Jacquemus, Area va Tod’s kolleksiyalarida mazkur rangdagi liboslarni uchratish mumkin.

    Klassik ko‘k

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Ranglar va uning turli sohalarga (moda, poligrafiya, dizayn, reklama) ta’sirini o‘rganuvchi Pantone institutining ma’lumotlariga qaraganda, klassik ko‘k nafaqat yozda, balki boshqa mavsumlarda ham dolzarb bo‘ladi. Ushbu rangdagi universal va minimal uslubdagi kiyimlarni oq, olovrang yoki sariq bilan moslab o‘ziga xos uslubda kiyining.

    Mavzuga doir: 

    • Trendda bo‘lish uchun ortiqcha pul sarflash shart emas. Bisotingizda boridan foydalanib zamonaviy bo‘lishingiz mumkin
    • Bahor-yoz mavsumi uchun ajoyib tanlov: Oq-qora print yana trendda (foto)
    • Qomatni kiyim-kechak orqali ixcham ko‘rsatishning 7 usuli
    • Sumkaga taqing, bo‘yinga bog‘lang, sochga qo‘shib o‘ring — ro‘mol bilan betakror obrazlar yaratamiz (foto)

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qish iliq kelishi deganda qanday ob-havo tushuniladi? Mutaxassis javob berdi

    Bugun, 14:24

    “O‘zgidromet” 11-dekabr kuni qaysi hududlarda qor yog‘ishi mumkinligini ma’lum qildi

    Bugun, 12:52

    O‘zbekistonda pensiyani to‘xtatib turish uchun onlayn murojaat qilish tartibi joriy etildi

    Bugun, 12:40

    O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilmoqchi

    Bugun, 12:06

    Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bolalar o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi siroplar topilganiga munosabat bildirdi

    Bugun, 10:48

    Qozog‘istonda sovuqda qolib ketgan avtobusdan o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilindi

    Bugun, 09:34

    Rossiya gigant sovuq antisiklon taʼsirida, Qozog‘iston shimolida -35°C sovuq. Bu O‘zbekistonga qanday taʼsir qilishi yuzasidan iqlimshunos tushuntirish berdi

    Bugun, 08:15

    APL. “Arsenal” safarda “Aston Villa”ga mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 00:27

    A Seriya. “Milan” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Atalanta”ga mag‘lub bo‘ldi

    Kecha, 23:58

    “Mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” — Shavkat Mirziyoyev

    Kecha, 23:31

    Tavsiya etamiz

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.