Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy shahrida karantin qoidalarini buzib, qo‘lbola giyohvand modda qabul qilish uchun to‘plangan 4 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyat IIB

Foto: Navoiy viloyat IIB

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyati IIB hamda Navoiy shahar IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1972-yilda tug‘ilgan A.Yu. karantin qoidalarini qasddan buzib, sheriklari 1979-yilda tug‘ilgan N.O., 1974-yilda tug‘ilgan F.S. hamda 1977-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan “Dizomorfin” (Krokodil) qo‘lbola giyohvand moddasini iste’mol qilayotganida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan aybdorlar qonun doirasida tegishli tartibda jazolanadi, deyiladi IIB xabarida.

Avvalroq Navoiyda karantin vaqtida o‘z uyini diskotekaga aylantirgan yoshlar jarimaga tortilgani hamda qimorxona tashkil qilgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabarlar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tramp tarafdorlariga murojaat qilib, meni qo‘llab-quvvatlang, namoyishlar uyushtiring demoqda” — Navbahor Imomova
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mahalla tizimi xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi
Maslahatlar
Tezroq tashlab yuboring: yuz kremi ​​sizga mos kelmaganini anglatuvchi 5 ta belgi