Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev karantin davrida paxta va g‘alla yetishtirish ishlari qay tarzda amalga oshirilayotgani xususidagi savolga aniqlik kiritib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tadigan brifingda vazir o‘rinbosari karantin davrida fermerliklarning ishchilari uyda bo‘lgan sharoitda, dala ishlari to‘xtab qolmaganmi, degan savolga javob berdi.

“Ushbu ikki ekin turi maydonlarimizga to‘g‘ri keladigan asosiy ekinlardan sanaladi. G‘allani oladigan bo‘lsak, oziq-ovqat xavfsizligi masalasi, paxta esa sanoat korxonalarimizning asosiy xomashyosi, ushbu ikki yo‘nalish strategik ahamiyatga ega sanaladi. Ishlar to‘xtab qolmagan”, — deya ta’kidladi vaziri o‘rinbosari.

Joriy yil hosili uchun respublika bo‘yicha 1 million 100 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib parvarishlanmoqda hamda ushbu maydonlardan 7 million 600 ming tonna don yetishtirish rejalashtirilgan. G‘alla maydonlarining 216 ming gektari (20%) boshoqlash, 862 ming gektari (80%) naychalash fazasida rivojlanayotganligi aytildi. G‘allalar rivojlanib, pishishga yaqin qolgani qo‘shimcha qilindi. Bugungi kunda g‘alla bo‘yicha “Zarbdor 30 kunlik” e’lon qilingan bo‘lib, muhim tadbirlar belgilangan. Mana shu 30 kunlik muddat hosilning qanchalik ko‘p bo‘lishini aniqlaydigan muddat sifatida qaralmoqda. Fermerlar tomonidan hosilni 20 sentnergacha oshirib olish choralari ko‘riladi.

Paxta masalasida esa, bugungi kunga kelib 70% maydonga chigit ekilgani ma’lum qilindi. Avvalroq ekilgan chigit maydonlarida ko‘chatlar bo‘y ko‘rsatayotgani, moliya, kredit masalalari hukumat darajasida hal qilib bo‘lingani bildirildi.

2020-yil paxta hosili uchun jami 1 million 33 ming gektar maydonda chigit ekish belgilangan.

Qishloq xo‘jaligi ishlarida barcha mexanizatorlar va ishchilar karantin tartiblariga rioya qilgan holda jalb qilingan va ishlar grafik asosida tashkil etilgani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash choralari doirasida prokuror sektorlarida g‘alla parvarishi, chigit ekilishi, shuningdek, aholi tomorqalarida ekinlar to‘liq ekilishini ta’minlash choralari ko‘rilishi ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysida suv ta’minotini yaxshilashga oid taqdimot bilan tanishdi (foto)
Madaniyat
Tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan eng go‘zal turk aktrisalari (foto)
Mahalliy
Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi