Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin davrida ko‘chada turli tashkilotlarning avtomobillari uchun qilingan ruxsatnomalari uchrayotgani, ular harakatlanishga asos bo‘lmasligini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Foto: “Daryo”/Madina Nurman

Jumladan, maxsus stikersiz harakatlanishga ruxsat etilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xizmat avtotransport vositalarining haydovchilari, ko‘plab suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yayotganliklari kuzatilayotgani ta’kidlandi.

IIV matbuot kotibi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari har bir avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, avtotransport yo‘nalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar so‘rashi davomida duch kelingan qoidabuzarliklarni ma’lum qildi.

“Hozirgi paytda ko‘plab fuqarolar, tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan transport vositalariga ruxsatnoma berish holatlari kuzatilmoqda”, — deya Shohrux G‘iyosov bir qancha misollarni ko‘rsatib o‘tdi.

Qoidabuzarlik sodir etganlar safida quyidagi tashkilot va korxonalarni uchratish mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
  • O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi (O‘zdavzaxira);
  • “O‘zbekneftgaz” Chinobod neft bazasi mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi;
  • “Said Ali savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • “Zulfiya Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • “Toshkent tumani dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
  • Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Endilikda, yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari haydovchilariga faqat ish vaqtida, xizmat zarurati bilan harakatlanishga ruxsat etilishi xabar qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi