Germaniyaning Berlin shahridagi tumanlaridan birining osmonida Flight Design CTLS shaxsiy samolyoti uchuvchisi Pasxa quyoni tasvirini “chizdi”. Ushbu holat 8-aprel kuni FlightRadar24 tomonidan qayd etilgan, deb yozadi AviaNews.

Foto: Pixabay

Uchuvchi Langenlipsdorf aholi yashash punktidan havoga ko‘tarilib, Berlinni aylanib chiqqan va havoda quyon shaklini “chizgan”. Shundan so‘ng samolyot Noy-Sauxa kommunasi hududiga qo‘ngan.

Uchuvchi bort raqami D-MUPY bo‘lgan Flight Design CTLS samolyotini boshqargan.

Foto: AviaNews

Ma’lumot uchun, Germaniyada ham koronavirus tufayli karantin e’lon qilingan. Aviaqatnovlar butunlay bekor qilingan.

Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar 12-aprel kuni Pasxa bayramini nishonlaydi.