Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Valdimir Putin yana kamida bir hafta davomida masofadan turib ishlashni davom ettirishi mumkin. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

Foto: “Kremlin.ru”

Foto: “Kremlin.ru”

“Bir hafta o‘tdi. Taxminimcha bu yana bir hafta yoki undan biroz ko‘proq muddat davom etadi”, — deya prezidentning masofadan turib ishlayotgani haqida berilgan savolga javob qaytargan Peskov.

Peskov Kommunarkadagi koronavirus bilan kasallangan bosh shifokor Denis Protsenko bilan uchrashuvdan keyin masofadan ishlashga o‘tgani haqidagi xabarni inkor qildi. Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Putin shifokor bilan mart oyida uchrashgan.

Dmitriy Peskovning qayd etishicha, Kommunarkadagi bosh shifokorning koronavirus yuqtirib olgani infeksiyaning asosiy tarqalish manbaysi odamlar bilan bevosita muloqot ekaniga yana bir isbot bo‘lib turibdi. Shu sababli ham Putin masofadan ishlashga o‘tgan.

Aprel boshida Rossiya prezidenti hukumat majlisini videokonferensaloqa tarzida o‘tkazgan. Putin koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bunday choralarni ko‘rishga majbur qilayotganligini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi