O‘zbekistonda 6-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 29 953 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 4 929 ta — qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 3 450 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyatida — 3 675 ta holat;
  • Samarqand viloyatida — 2 936 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida — 2 584 ta holat;
  • Namangan viloyatida — 2 011 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida — 1 860 ta holat;
  • Andijon viloyatida — 1 677 ta holat;
  • Jizzax viloyatida — 1 582 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida — 1 476 ta holat;
  • Xorazm viloyatida — 1 239 ta holat;
  • Buxoro viloyatida — 1 226 ta holat;
  • Navoiy viloyatida — 330 ta holatni.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 978 ta holatni tashkil etmoqda.

“Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov mashinasida, velosipedida, piyoda aylanib kelishga chiqayotganlarga qarata: “Hammamiz sabr qilishimiz kerak. Qachonki intizom bo‘lsa, barcha tartib-qoidaga bo‘ysunib, ikki hafta uyimizda o‘tirsak, hammasi o‘tib ketadi. Shunda birinchi navbatda oila a’zolarimizni saqlab qolgan bo‘lamiz”, — deb aytgandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Farg‘ona koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Toshkentdan so‘ng birinchi hududga aylandi.

Mamlakatda kasallikdan ikki kishi vafot etdi30 nafar bemor sog‘aydi. Ayni vaqtda 7 nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi, ulardan 2 nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangani ma’lum qilingan.