Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Liviya sobiq bosh vaziri Mahmud Jabroil Misrdagi kasalxonalardan birida koronavirusdan vafot etdi. Siyosatchi 68 yoshda edi. Bu haqda Al Youm As Sabi hamda Al Arabiya xabar tarqatgan.

Mahmud Jabroil

Mahmud Jabroil
Foto: Al Jazeera

Oxirgi yillarda Liviya milliy kuchlari koalitsiyasini boshqargan siyosatchi 27-mart kuni kasalxonaga yotqizilgandi. Liviya sobiq bosh vazirida koronavirus infeksiyasidan tashqari yuragida ham muammolar bo‘lgani aytilmoqda.

Mahmud Jabroil 2011-yilda Muammar Kaddafi hokimiyati ag‘darilganidan keyin boshqaruv o‘tish davri milliy kengashiga berilgan vaqtda mamlakatda bosh vazir bo‘lgan. O‘sha yilning oktabr oyida Jabroil egallab turgan lavozimidan iste’fo bergandi.

2012-yil iyulda Mahmud Jarboilning “Milliy kuchlar ittifoqi” partiyasi saylovlarda eng ko‘p ovoz to‘plagan. Shuningdek, Jabroilning o‘zi ham saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo‘ygandi, 2019-yil bahorida o‘tishi kerak bo‘lgan saylovlar Xalifa Xaftar kuchlarining Tripoliga hujumi tufayli noma’lum muddatga qoldirilgan.

Liviyada COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha dastlabki holat mart oyi oxirida kuzatilgan. Kasallangan fuqaro Tripolidagi shifoxonalardan biriga yotqizilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)