Madridning “Real” klubi sobiq prezidenti Lorenso Sans 76 yoshida koronavirus infeksiyasidan vafot etdi, deya xabar qilmoqda Marca.

Foto: Twitter

17-mart kuni Sans tana haroratining ko‘tarilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. Koronavirusga o‘tkazilgan tahlil ijobiy natijani ko‘rsatgan.

Lorenso 1995—2000-yillar mobaynida “Real” prezidenti bo‘lgan. Undan so‘ng ushbu lavozimni madridliklarning hozirgi rahbari Florentino Peres egallagandi.