Rossiyada 5-aprel, yakshanba kuni, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 658 ta yangi holat qayd etildi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning xabar berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 5389 kishiga yetgan.
Mamlakatda virus aniqlangan vaqtdan buyon 45 kishi vafot etgan, 355 kishi tuzalgan.
Kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskvada kuzatilmoqda. Shaharda koronavirusga chalinish bo‘yicha umumiy hisobda 3 893 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, shundan 536 tasi so‘nggi sutkada aniqlangan.
Moskvaning barcha aholisi uchun uy sharoitida izolyatsiyalanish rejimi joriy etilgan.
Avvalroq Putin Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)