Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vashington politsiyasi it tomonidan boshqarilib ketayotgan avtomobil ortidan quvdi, deb xabar beradi CNN.

Foto: CNN

Foto: CNN

Politsiya yo‘l harakati qoidalarini bir necha bor buzgan transport vositasini uzoq vaqt kuzatib kelgan. Ta’kidlanishicha, politsiya xodimlariga bir necha guvohlar qoidabuzarlik haqida shikoyat qilgan. Ularning aytishicha, avtomobil boshqa ikkita mashina bilan ham to‘qnashuv sodir etgan.

Avtomobilni tikonli lenta yordamida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lingan. Politsiyachilar mashina rulida pitbul zotli it o‘tirganini aniqlagan. Uning xo‘jayini esa yo‘lovchining joyida o‘tirib, mashinani boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

Erkakning aytishicha, u “itiga mashina haydashni o‘rgatishga uringan”. Erkak hibsga olingan, it esa hayvonlar boshpanasiga olib borilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda avtohalokat sodir etib, bir kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YHXB xodimi jazosiz qolayotgani aytilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat xizmatchilari majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi