Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lamborghini kompaniyasi Sant-Agata-Bolonyezedagi zavodida tibbiyot niqoblari hamda yuzni himoya qiluvchi vositalarni ishlab chiqarishni boshladi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlar Italiyadagi eng yirik shifoxona — Sant’Orsola-Malpigi gospitaliga topshiriladi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Motor

Foto: Motor

Superkarlar interyerini jihozlash bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmaning barcha xodimlari niqob ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Kompaniya xodimlari kuniga mingta niqob va 200 ta himoya vositalarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, tajriba-konstruktorlik byurosida joylashgan 3D printerlardan ham foydalanilmoqda. Niqoblar klinikaga yetkazilishida oldin Italiya tibbiy-jarrohlik ilmiy departamentida sertifikatsiyadan o‘tadi.

Foto: Motor

Foto: Motor

Avvalroq Chanel brendi ham fransuz sog‘liqni saqlash tashkiloti ishora berishi bilan himoyalovchi niqob va xalat ishlab chiqarishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa mamlakatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan sifatsiz niqob va koronavirus testlaridan bosh tortgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda