Mercedes-Benz avtokonserni koronavirus tufayli o‘zgargan logotipini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Uch qirrali yulduzning uchlari vaqtinchalik logotipda doiraga tegmagan.
Qora fonda kichraytirilgan yulduz aks ettirilgan. Uning kichraygani tufayli aylana va yulduz o‘rtasida bo‘sh joy qolgan.
Shu tarzda Mercedes-Benz avtokonserni insonlarga koronavirus infeksiyasidan o‘zini va boshqalarni himoya qilish uchun masofani saqlash lozimligini targ‘ib qilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)