Lamborghini kompaniyasi Sant-Agata-Bolonyezedagi zavodida tibbiyot niqoblari hamda yuzni himoya qiluvchi vositalarni ishlab chiqarishni boshladi. Tayyor bo‘lgan mahsulotlar Italiyadagi eng yirik shifoxona — Sant’Orsola-Malpigi gospitaliga topshiriladi, deb xabar beradi Motor.
Superkarlar interyerini jihozlash bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmaning barcha xodimlari niqob ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Kompaniya xodimlari kuniga mingta niqob va 200 ta himoya vositalarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, tajriba-konstruktorlik byurosida joylashgan 3D printerlardan ham foydalanilmoqda. Niqoblar klinikaga yetkazilishida oldin Italiya tibbiy-jarrohlik ilmiy departamentida sertifikatsiyadan o‘tadi.
Avvalroq Chanel brendi ham fransuz sog‘liqni saqlash tashkiloti ishora berishi bilan himoyalovchi niqob va xalat ishlab chiqarishga tayyor ekanligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa mamlakatlari Xitoyda ishlab chiqarilgan sifatsiz niqob va koronavirus testlaridan bosh tortgan.
Izoh (0)