Farg‘ona shahrida 30-mart, dushanba kuni, yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, 1996-yilda tug‘ilgan M.M. Cobalt avtomobilida katta tezlikda harakatlanib, yo‘lning belgilanmgan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda B.X.ni urib yuborgan.

Og‘ir jarohat olgan erkak shifoxonaga olib borish chog‘ida vafot etgan.

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Eslatib o‘tamiz, karantin sababli 30-mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida shaxsiy avtomobillarning maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishi cheklangan.

Avvalroq Farg‘ona tumanida Lacetti va Nexia ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda bir kishi, Termizda yuz bergan Lacetti va Matiz to‘qnashuvida esa ikki kishi halok bo‘lgan edi.