Yengil vazn toifasi vakili Dastin Porye UFC 249 kechasida Habib Nurmagomedov o‘rniga Toni Fergyuson bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Foto: Yandex Photos

“Tayyorgarlik uchun noqulay palla, biroq eng yaxshilar qatorida ekanimni isbotlash uchun istalgan imkoniyatga tirmashishga tayyorman.

Toniga qarshi jang qilishga tayyor ekanim borasida UFC rahbarlarini ogohlantirdim”, — deydi Porye.

Avvalroq Habib va Toni o‘rtasidagi 18-aprel kuniga mo‘ljallangan jang bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu jang o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2019-yilning sentabr oyida Poryega qarshi jang qilgan va uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llagan holda g‘alabaga erishgandi.