Rossiyaning ko‘cha poygachilari jamoasi Sankt-Peterburgda xuddi Need for Speed: Most Wanted kompyuter o‘yinidagi kabi sahnani yaratdi. Rolikdan ko‘rish mumkinki, bunda BMW M3 GTR, Toyota Supra va Porsche Cayman ishtirok etgan, deb xabar beradi Motor.

Kadr: YouTube

Rossiya shahrining ko‘chalaridan olingan kadrlarda Need for Speed: Most Wanted o‘yinidagi infografika va bannerlarni, shuningdek, uchinchi shaxsning o‘yinga qo‘shilishi, politsiyaning turli joylardan ta’qibi hamda o‘zgarayotgan ob-havoni ko‘rish mumkin.

YouTube foydalanuvchilari video ostiga o‘yin ijodkorlari aynan shunday reallikka yaqin darajaga intilishlari lozimligi haqida izohlar qoldirmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu Vladislav Chekunovning birinchi roligi emas. 2019-yilning kuz oyida u Need for Speed Underground syujeti asosida ham ikkita videoni e’lon qilgan. Unda o‘yindagi orginal sozlamalar menyusi, ovoz va effektlardan foydalanilgan.