Virgin Australia aviakompaniyasining styuardessasi koronavirus pandemiyasi sabab vidolashuv nutqini so‘zladi. Ayolning murojaatini guvohlar videoga tushirishga muvaffaq bo‘lgan.

Styuardessa Kessi Epplton ko‘z yoshlarini tiya olmay, ortiqcha his-hayajonga berilgani uchun yo‘lovchilardan kechirim so‘ragan. Uning tushuntirishicha, ushbu reys o‘zi va hamkasblari uchun “yaqin kelajakdagi so‘nggisi” bo‘lishi mumkinligi bilan izohlagan.

“Jamoamiz juda uzoq vaqt osmonni o‘zining uyi deb hisoblab keldi va yerga qaytishimizni o‘ylash biroz syurrealistik bo‘lmoqda”, — deydi Epplton.

Qiz vaziyat yaxshilanishi bilan parvozlarni qayta amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 600 mingdan oshdi, AQShning o‘zida kasallikka chalinganlar soni 104 mingga yetgan.