Daryo

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi

Kasallik oqibatida mamlakat bo‘ylab vafot etganlar soni 1,5 ming kishidan oshgan

1 daqiqa o‘qish195 414 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

AQShda COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 100 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Foto: AP Photo

Qo‘shma Shtatlar kasallar soni yuz mingdan oshgan birinchi davlatga aylandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiya oqibatida asosan Nyu-York (37 mingdan ortiq), Nyu-Jersi (6,8 ming) hamda Kaliforniya (3,8 ming) shtatlari jabr ko‘rgan.

Kasallik oqibatida mamlakat bo‘ylab vafot etganlar soni 1,5 ming kishidan oshgan. Ularning asosiy qismi Nyu-Yorkda (366) qayd etilgan. Koronavirusdan davolanganlar soni esa 862 kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus COVID-19 koronavirus infeksiyasidan butun dunyoda 100 mingdan ortiq odam tuzalganini ma’lum qilgandi. Mavzuga doir:  Eslatib o‘tamiz, AQSh 26-mart kuni koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha Xitoydan ham o‘tib ketdi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar