Bred Pitt va Anjelina Joli ajrashganidan so‘ng farzandlari bilan ko‘rishishga ko‘p bor uringan 56 yoshli aktyorning farzandlari otasi bilan bo‘lishni istamoqda, deb yozadi Cosmopolitan.

Foto: Getty Images

Koronavirus sabab e’lon qilingan karantinda boshqalar qatori mashhurlar, xususan, Gollivud yulduzlari Anjelina Joli va Bred Pitt ham o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan. Bu vaqtda juftlikning farzandlari onasidan-da ko‘ra otasi bilan bo‘lishni istamoqda.

Foto: Getty Images

Aktyor do‘stining ta’kidlashicha, bolalar Bred bilan birga vaqt o‘tkazishdan baxtli, o‘zlarini tinch va himoyada his qiladi. Bred ularni uyida ko‘rishdan xursand, lekin farzandlarini kim bilan yashash haqidagi qarorni Anjelina qabul qiladi.

Foto: Legion-Media / Shaylo Joli-Pitt

Ta’kidlanishicha, bolalar darslarini tayyorlab bo‘lgach, Bredga bajonidil uy ishlariga yordamlashmoqda. Ayniqsa, 13 yoshli Shaylo onasidan Pitt bilan yashashni iltimos qilmoqda. The Mirror nashrining ma’lum qilishicha, ota va qiz o‘rtasidagi o‘ziga xos iliq munosabatlar Shayloning turli qiyinchiliklarni yengib o‘tishida ahamiyatli.

Avvalroq juftlikning farzandlari Shaylo va Zahara jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgani va aktyor shunday vaqtda qizlari yonida bo‘lishi kerakligi uchun nufuzli marosimdagi ishtirokidan voz kechgandi.