Bu haqidagi ma’lumot ilk bor Instagram’dagi “Eto_astana_detka” guruhida paydo bo‘lgan. “Kenesari haykali atrofidagi qirg‘oqlarda ostonaliklar tomonidan uyi yo‘qlar va muhtojlar uchun oziq-ovqat hamda antiseptik solingan paketlar tashlab ketilmoqda”, – deyilgan ma’lumotda.

Foto: “Tengrinews”

Yozuvga fotosuratlar ham ilova qilingan, ushbu xayriya aksiyasi tashkilotchilari hamshaharlarini karantin va favqulodda holat davrida “Bardam bo‘l, birodarim” shiori ostida qo‘llab-quvvatlashni ko‘zlagan.

Foto: Instagram

Qozog‘istonning “Tengrinews” muxbiri daryo bo‘yidagi ushbu joylarga borgan, biroq ushbu paketlarni noma’lum sabablarga ko‘ra topa olmagan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Foto: “Tengrinews”

Foto: Instagram

Avval Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallangan bemorning vafot etgani va bu mamlakatda COVID-19 keltirib chiqargan birinchi o‘lim holati bo‘lgani haqida xabar berilgandi.