Koronavirus hamon jahon kino sanoatini to‘xtatib turibdi. Ko‘plab loyihalarning tasvirga olish jarayonlari “muzlatilgan”, shu sababli aktyorlar va boshqa ko‘plab yulduzlar karantinga rioya qilmoqda. Izolyatsiyaga qaramay, ayrim aktyorlar ijtimoiy tarmoqlar o‘z obunachilarini turli usullar bilan xushnud etmoqda, deb xabar beradi “KinoPoisk”.

Foto: “KinoPoisk”

Pandemiyadan zerikkan aktyor Pol Bettani o‘zining tashqi ko‘rinishini suratda qaritib, ostiga “9124-kun” deb yozib qo‘ydi.

Foto: Instagram/paulbettany

Boshqa yulduzlar esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ko‘proq musiqaga murojaat qila boshladi. Masalan, Ron Perlman 21-mart kuni vafot etgan Kenni Rojersni xotirlab, obunachilari uchun uning “The Gambler” qo‘shig‘ini kuylab berdi.

“Firefly” serialining yulduzi Alan Tyudik esa karantinda o‘tirganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kichikroq qo‘shiq yozdi.

Twitter’da esa Ben Platt ijrosidagi “The Rainbow” qo‘shig‘ini tinglash mumkin.

Pandemiya sabab konsertlari bekor qilingan Madonna esa o‘zining “Vogue” qo‘shig‘ini kuylab berdi. Raqsga tushishga chorlovchi satrlar o‘rniga qo‘shiqchi “Kel, ozgina qovurilgan baliq yeymiz… Qani raqsga tush, axir makaron qolmadi”, deya kuylagan. Bu orqali u supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligiga ishora qilgan.

Yana bir musiqachi Robbi Uilyams esa Instagram’da bir necha kun onlayn-konsert berdi.

Lora Dern ham chetda turgani yo‘q, u o‘z obunachilari uchun “Gektor — arxitektor” bolalar kitobini o‘qib berdi.

Richard E.Grant esa “Uitneyl va men” lentasini yodga olib, unda qahramonni politsiyachi to‘xtatgan sahnani parodiya qildi.

Jim Kerri esa yana soqol o‘stirishga qaror qildi va har kuni jarayon qanday ketayotgani tasvirlangan suratlarni joylab borishga va’da berdi.

Foto: Twitter/JimCarrey

Selena Gomes, Margaret Kuelli va Oliviya Uayld hamkasblari ortidan borib, obunachilariga pandemiya vaqtida qo‘lni qanday to‘g‘ri yuvish kerakligini ko‘rsatdi.