Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Transport vazirligi tomonidan 24-mart soat 00:01 dan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan Toshkent shahriga hamda Toshkent shahridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga amalga oshirilayotgan jamoat transporti harakatini vaqtinchalik cheklash rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.