Daryo

Futbol bo‘yicha Meksika ligasi prezidenti koronavirus yuqtirib oldi

Liga matbuot xizmati Bonillaning murojaatni e’lon qildi

1 daqiqa o‘qish51 058 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yandex Photos

Meksika futbol ligasi prezidenti Enrike Bonilla koronavirusga yo‘liqdi. Liga matbuot xizmati rahbarning murojaatni e’lon qildi.

Foto: Yandex Photos

“Tibbiy tahlillarga qaramasdan hozircha menda jiddiy alomatlar yo‘q va men sog‘liqni saqlash vazirligi buyurig‘iga binoan karantinda qolaman. Albatta, hozirda mamlakat qanday holatda ekanini bilib turibman. Sizlarni ishontirib aytaman, men ulkan mas’uliyat bilan ish tutaman”, — deyiladi murojaatda.

Ayni damda koronavirus sabab dunyo bo‘ylab deyarli barcha sport musobaqalari bekor qilingan. Ko‘plab mamkalatlarda karantin e’lon qilindi. 21-mart holatiga virusga chalingandan 180 mingdan oshdi. Vafot etganlar soni 12 mingga yaqinlashib qoldi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar