• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda koronavirus aniqlandi, Navro‘z bekor qilindi, maktab va bog‘chalar ta’tilga chiqdi. Asosiy ma’lumotlar

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi. 11-mart, chorshanba kuni, Uzbekistan Airways’ning Parij—Toshkent reysi bilan uchib kelgan ayol (uning o‘zi asli oliy toifali shifokor ekani, xususiy tibbiyot muassasasiga ham ega ekani aytilmoqda) 15-martga o‘tar kechasi Respublika Virusologiya institutiga murojaat qilgan (aeroportda tekshiruv vaqtida u sog‘lom chiqqan). Chamasi ikki soatlar o‘tib, tahlil natijalar chiqqan va uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

    Bemor bilan bir reysda 45 yo‘lovchi bo‘lgan (“Interfaks”ning yozishicha, yana to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi ham bor), ularning yarmi chet ellik tranzit yo‘lovchilar (ular Toshkentdan o‘z manzili tomon uchib ketgan). Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi matbuot anjumanida ayolda koronavirus aniqlangach, uning 9 nafar oila a’zosi, shuningdek, reysning O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilari va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar — jami 150 kishi izolyatsiyaga olingani aytildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganidan so‘ng Toshkentda niqob taqib yurganlar soni ko‘paydi (fotoreportaj)

    Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston yopilishga qaror qildi. Bosh vazirning ma’lum qilishicha, 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinadi, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi. Temiryo‘l transportining tashqi dunyodan uzilishi uchun qo‘shimcha uch kun muhlat ajratilgan — bu hol Rossiya va boshqa xorijiy davlatlardagi O‘zbekiston poyezdlarining qaytib kelishi bilan bog‘liq.

    Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet el fuqarolarining O‘zbekistonga kirishi taqiqlandi. Chet davlatlardagi o‘zbekistonliklarning qaytishi uchun shart-sharoit yaratilishi, xususan, charter reyslar yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi. 16-martdan so‘ng charter reyslar bilan O‘zbekistonga qaytarilgan vatandoshlar ikki haftalik karantinga joylashtiriladi.

    Koronavirus sabab Navro‘z sayillari bekor qilindi, ta’lim muassasalarida ta’til e’lon qilindi. Bosh vazirning ma’lum qilishicha, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilinadi (lekin to‘ylarni o‘tkazish mumkin). Fuqarolarga odam gavjum bo‘ladigan joylarga borishdan tiyilish tavsiya qilinmoqda. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarga majlislar o‘tkazishni to‘xtatish haqida topshiriq berildi, diniy tashkilotlarga esa hukumat diniy yig‘inlarni to‘xtatib turish iltimosi bilan murojaat qilgan.

    Abdulla Aripov.

    Abdulla Aripov.
    Foto: “Daryo”

    Bolalar bog‘chalar, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) karantinga yopiladi. O‘quvchi va talabalarga ikki haftalik — 1 aprelga qadar davom etadigan ta’til beriladi. Agar koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashadigan bo‘lsa, 1-apreldan so‘ng onlayn yoki televideniye orqali dars mashg‘ulotlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Ayni vaqtda viloyatlarda istiqomat qiluvchi talabalarga yo‘l xarajati uchun 50 foizgacha chegirmalar berilishi aytildi.

    Hukumat narx-navoning asossiz oshirilishiga qarshi kurashishga va’da berdi. Jumladan, karantin vaqtida narx-navoni, ayniqsa, dori-darmon va tibbiyot vositalari narxini asossiz oshirganlarga keskin choralar ko‘riladi, bu jarayonga Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilinadi. Abdulla Aripovning alohida qayd etishicha, oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlangan. Dorixonalarda yuz niqoblari taqchilligini to‘xtatish uchun bu mahsulotni ishlab chiqarish 10 barobarga oshiriladi, 16-martdan esa uni eksport qilish to‘xtatiladi.

    Abdulla Aripov ko‘rilayotgan choralarni favqulodda holat deb baholamasligini bildirdi. U aholini vahimaga tushmaslikka chaqirib, barcha hududlar koronavirusni tekshirish uchun asbob-uskunalar, test vositalari hamda himoya vositalari bilan ta’minlanganini, bu kabi choralar jahonning barcha mamlakatlarida ko‘rilayotganini ta’kidladi. O‘zida kasallik alomatlarini sezgan fuqarolarga uydan chiqmay, telefon orqali shifokorlar bilan bog‘lanish tavsiya qilindi. Ta’kidlanishicha, 16-martdan 1003 telefoni orqali koronavirus bo‘yicha yagona qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i ishga tushadi.

    Mavzuga doir: Abdulla Aripov: “Avtomobillar narxi oshishiga qarshi namoyish o‘tkazish haqida xabar tarqatgan yigit hozir yig‘lab o‘tiribdi, hazillashgandim deb”

    15-mart holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 156 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan. Shu kungacha bemorlarning 5833 nafari vafot etgan, salkam 74 ming sog‘aygan. Bugungi kunda koronavirusning asosiy o‘choqlari Xitoy emas, balki Italiya, Eron, Janubiy Koreya, Ispaniya, Germaniya va Fransiya bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir: Koronavirusdan saqlanish uchun hamma amal qilishi lozim bo‘lgan tavsiyalar

    15.03.2020, 17:03   Izoh (0)   217417
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh vazir karantin sharoitida narxlarni sun’iy oshirganlar jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi

    15.03.2020, 16:39

    Koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik ayol tufayli 150 kishi izolyatsiyaga olindi. Ularning to‘qqiz nafari ayolning oila a’zolari

    15.03.2020, 16:00

    O‘zbekiston koronavirus sabab avia va avtoqatnovlarni to‘xtatadi. Chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkin

    15.03.2020, 15:18

    Koronavirus O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmaydi

    15.03.2020, 15:08

    Hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qildi

    15.03.2020, 15:03

    O‘zbekistonda koronavirus sabab Navro‘z sayillari bekor qilindi

    15.03.2020, 14:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.