Mavzuga doir: Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi
O‘zbekistonda koronavirus sabab Navro‘z sayillari bekor qilindi
Bundan tashqari, ommaviy marosimlar — uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinadi
1 daqiqa o‘qish144 026 ko‘rishlar0 izoh0
Koronavirus tarqalishing oldini olish maqsadida O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayillari bekor qilinadi. Bu haqda 15-mart, yakshanba kuni, bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Bundan tashqari, ommaviy marosimlar — uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha bekor qilinishi bosh vazir tomonidan e’lon qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
