Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Angren” navbatchilik maskaniga 9-mart kuni Angren shahar “Jigariston” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qildi, deb  xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Fuqaro o‘ziga qarashli bo‘lgan bir juft otlari yo‘qolib qolib, Angren daryosi ichidan topilganligi, ammo ularni chiqarib olishning imkoni bo‘lmaganligi sababli boshqarma tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Murojaat yuzasidan “Angren” navbatchilik maskanidan M.Akbarov boshchiligida 3 nafar qutqaruvchi, Angren shahar veterinariya xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qisqa vaqt mobaynida qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida otni daryodan olib chiqib, fuqaroning mulki bo‘lgan jonivorning hayotini saqlab qoldi, deyiladi xabarda.