• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shunday yaxshi kadrni yo‘qotayotganimiz achinarli”. Mirishkorning so‘kong‘ich hokimi ishdan olindi

    Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Mirishkor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

    Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev (chapda), Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev (o‘rtada).

    Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev (chapda), Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev (o‘rtada).
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    Qayd etilishicha, Baxtiyor Rajabovning o‘zi ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan. Sessiyada Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etmoqda.

    Sessiyada nutq so‘zlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev Baxtiyor Rajabovni xalq bilan hisoblashmaslikda ayblagan.

    Baxtiyor Rajabov (arxiv fotosi).

    Baxtiyor Rajabov (arxiv fotosi).
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    “Baxtiyor Rajabov adashdi. Ammo shunday yaxshi kadrni yo‘qotayotganimiz achinarli. Men hokimlarni ogohlantirgandim, ammo natija yo‘q. Hokimiyat binosi haqorat so‘zlarni ishlatish yoki kimnidir so‘kish uchun qurib berilmagan”, — dedi Zoir Mirzayev.

    Bunga qadar Qarshi tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan G‘ayrat Begaliyev Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan.

    G‘ayrat Begaliyev.

    G‘ayrat Begaliyev.
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    Qo‘shimcha qilishlaricha, Mirishkor tumani hokimi bilan birga tuman prokurori ham ishdan olingan — shu vaqtgacha Mirishkor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Jasur Tursunov o‘rniga Akromxon Boboxonov tayinlangan.

    Yig‘ilishda viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh Mirishkorni barcha sohalar bo‘yicha o‘rganib chiqishi ma’lum qilingan. “Mirishkor tumanini otaliqqa olamiz”, — deb ta’kidlagan viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

    Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovga tegishli audioyozuv tarqaldi. Audioyozuvdan ma’lum bo‘lishicha, voqea tuman hokimi va mahalla raislari ishtirokidagi yig‘ilishda bo‘lib o‘tgan.

    Audioyozuvda hokim yig‘ilish ishtirokchilarini soliq tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlamagani uchun turli so‘zlar bilan haqoratlagani va so‘kkani, shuningdek, ba’zilarni urgani eshitiladi.

    Audioyozuv bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligi munosabat bildirib, ovoz haqiqatdan ham Mirishkor tuman hokimiga tegishli ekanligini tan oldi.

    Keyinroq Baxtiyor Rajabov “Daryo” muxbiri bilan bo‘lgan muloqotda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ovoz unga tegishli ekanligini tan olib, mazkur qilmishini mahalla raisining bepisand muomalasi bilan izohladi. “Yig‘ilishda so‘kinganim rost, ammo hech kimga qo‘l ko‘tarmadim”, — degandi hokim.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanali orqali mazkur voqeaga munosabat bildirib, “Kim bo‘lishidan qat’i nazar tuban inson ekanligini namoyon etibdi” dedi. Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev esa Mirishkorning zo‘ravon hokimi viloyat nomiga dog‘ tushirganini aytdi.

    04.03.2020, 13:22   Izoh (0)   70334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda qurilayotgan uch qavatli ko‘prik sabab 9 ta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

    04.03.2020, 13:14

    O‘zbekistonda yaponiyaliklar uchun 90 kunlik vizasiz rejim belgilandi

    04.03.2020, 12:59

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashish uchun Xitoyga gumanitar yordamning ikkinchi partiyasini yubordi

    04.03.2020, 11:49

    O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

    04.03.2020, 11:19

    Toshkentda uch qavatli ko‘prik qurilayotgani sabab ayrim yo‘llar 10 kunga yopiladi

    04.03.2020, 10:50

    O‘zbekistonda koronavirus tarqalgan 14 davlatdan kelgan fuqarolarni karantinga olish haqida qaror qabul qilindi. Karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi

    04.03.2020, 10:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35

    Hayot uchun xavfli: nima uchun tor kelib qolgan kiyimlardan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 2 iyul, 15:20

    HAMAS Trampning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 2 iyul, 15:05

    Bolgariya va Ruminiya chegara nazoratini bekor qildi

    Dunyo | 2 iyul, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.